Toshkentda aholi uchun issiqlik va issiq suv tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda. Tegishli taklifni Veolia Energy bosh direktori Sevara Pardayeva bildirdi.

Poytaxt aholisi bazaviy tarifning atigi 18 foizini to‘laydi, qolgan qismi esa shahar byudjetidan subsidiya sifatida qoplanadi.

Bu juda muhim va murakkab vazifa. Bugungi kunda aholi umumiy tarifning atigi 18 foizini to‘lamoqda. Biz bu masalani Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqmoqchimiz.

“Vazirlikning hozirgi siyosati manzilli subsidiyalash — aynan qaysi oilaga yordam kerak bo‘lsa, o‘shanga yordam berishdan iborat”, — dedi u Xalq deputatlari shahar kengashi yig‘ilishida.

2025-yil 1-oktyabrdan boshlab aholi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini 15 foizga oshirish taklif etilmoqda. Hozirda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun chakana tarif 1 Gkal uchun 121 617 so‘mni (QQSsiz) tashkil etadi. Agar taklif ma’qullansa, narx 139 ming so‘mgacha ko‘tariladi.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar uchun narxlarni 40 foizga, davlat korxonalari uchun esa 19 foizga oshirish taklif qilindi. Tariflar ma’qullangan taqdirda, narxlar yuridik shaxslar uchun 342,2 ming so‘mgacha va byudjet tashkilotlari uchun 954,3 ming so‘mgacha oshadi.

Avvalroq issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari yiliga bir yoki ikki marta qayta ko‘rib chiqilishi xabar qilingandi. Bu subsidiyalar hajmini bosqichma-bosqich kamaytirish va aholi uchun yukni yengillashtirish imkonini beradi.