13-avgust kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlaridagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati xabar bermoqda.

Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): Maxtumquli ko‘chasidagi 24 ta uy, ulgurji iste’molchilar — 8 ta;
  • Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha): “Xonobodtepa”, “Quruvchilar” va “Xonobod” mahallalarida 857 ta xususiy uy, ulgurji iste’molchilar — 23 ta.