Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga mehmonxona va restoranlarda shved stoli formatini o‘zgartirib, oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish taklifi bilan ma’ruza taqdim etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sabah nashri xabar bermoqda.
Chiqindilarning oldini olish jamg‘armasi mamlakatda har yili o‘rtacha 23 mln tonna oziq-ovqat chiqindilari utilizatsiya qilinishini aniqladi. Meva va sabzavotlarning taxminan 35 foizi dasturxonga tushishidan oldin tashlab yuboriladi.
Qishloq xo‘jaligi siyosati bo‘yicha Prezident kengashi tegishli hisobotni ishlab chiqadi, tegishli qo‘mita uni davlat rahbariga taqdim etadi.
Kengash a’zosi Ramazan Bingelning so‘zlariga ko‘ra, «hammasi kiritilgan» nonushtalarning yarmi iste’mol qilinmaydi. Chiqindilar odamlar ko‘payishi bilan yanada ko‘payadi.
Masalan, uch-to‘rt kishi bemalol ikki kishilik nonushtaga to‘yadi. Tarelkaga qo‘yilgan, lekin tegilmagan ovqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri axlatga tashlanadi,» – dedi u.
Hisobot olingandan so‘ng parlament tomonidan bir qator qonunchilik qarorlari qabul qilinadi. Masalan, shved stoli tizimi menyudan alohida taomlarni buyurtma qilish amaliyoti foydasiga qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.