Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi. Bu haqda Bild yozmoqda.
Germaniyalik mutaxassis O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ko‘magida O‘FA vakillari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi. Lyov bir necha kun davomida bu taklifni jiddiy o‘ylab ko‘rdi, lekin oxir-oqibat muloyimlik bilan rad etdi.
Yoaxim Lyov 2006-yildan 2021-yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati va 2017-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi bo‘ldi. 2021-yildan buyon mutaxassis hech bir jamoada ishlamagan.