Toshkent xalqaro aeroportida oltinni xorijga noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” bojxona kompleksi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar Hindistonning Dehli shahriga uchishi kerak bo‘lgan ikki fuqaroni to‘xtatdi. Tekshiruv davomida yo‘lovchilarning jinsiy a’zolarida oltin quymalari yashirilgani aniqlangan.

Ulardan birida 490 mln so‘mlik 367 gramm, ikkinchisida esa 190 mln so‘mlik 140 gramm oltin borligi aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.