O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, natijalarni uchta usul bilan bilish mumkin:

  • my.uzbmb.uz veb-sayti orqali — pasport seriyasi va raqamini hamda identifikatsiya raqamini kiritish lozim;
  • mandat.uzbmb.uz veb-sayti orqali — identifikatsiya raqamini ko‘rsatish;
  • Test natijalari to‘g‘risidagi hisobot orqali (OTMda).

Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan 24-avgustgacha bakalavriat imtihonlaridan o‘ta olmagan abituriyentlar apellyatsiya berishi mumkin. Ular Bilimni baholash agentligiga yoki bildirishnomada ko‘rsatilgan joyga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va bildirishnoma bilan kelishlari kerak bo‘ladi.