Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin va AQSH rahbari Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv qanday o‘tishi kerakligini aytdi. RIA Novosti nashri asosiy bayonotlarni keltirdi.
Davlat rahbarlari shanba kuni Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da uchrashadilar. Prezidentlar o‘rtasida an’anaviy tarzda yakkama-yakka muloqot bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar boshlanadi.
Muzokaralarda har bir tomondan 5 nafardan delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Barcha muzokaralar yakunida Putin va Tramp qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazadi.
Yuriy Ushakov uchrashuvning asosiy mavzusi Ukraina inqirozini hal qilish bo‘lishini ta’kidladi.