15-avgustdan 1-oktyabrgacha Toshkent shahridagi bozorlar va savdo majmualarida maktab yarmarkalari tashkil etiladi. Bu haqda hokim Shavkat Umurzoqovning qarorida aytiladi.
Hujjatga muvofiq, quyidagi nuqtalarda jami 287 ta maktab yarmarkalari tashkil etiladi:
- “Qo‘yliq”, “Mirobod” (“Gospitalniy”), “Navro‘z”, “Sergeli”, “Qoraqamish”, “Farhod”, “Eski jo‘va”, “Aviasozlar” (“Kadisheva”), “Yunusobod”, “Askiya” va “Chilonzor” bozorlari;
- “Chilonzor”, “Chorsu” va “O‘rikzor” savdo majmualari.
Shuningdek, poytaxtdagi 12 ta tumanning har biridagi ayrim maktablar hududida yarmarkalar ishlaydi.