14-avgust kuni Toshkentning Sergeli tumani aholisi qisman gazsiz qoladi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar berdi.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 11:00 dan 16:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • Keng Makon, Eshonbuloq, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalaridagi 618 ta xonadon va 18 ta ulgurji iste’molchi.

Aholini gaz bilan ta’minlash rejalashtirilganidan ertaroq boshlanishi mumkin.