“Yangi Toshkent”da uzunligi 8 km bo‘lgan metro liniyasi quriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi xabar berdi.
Yangi liniya “Do‘stlik” bekatidan “Yangi Toshkent”gacha bo‘lgan yo‘nalishning bir qismi bo‘ladi. Direksiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurilishni 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Loyiha qiymati 110 mln dollarga baholanmoqda. 2025-yilda 11 million dollar, qolgan 99 million dollarni 2026-yilda o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Investor sifatida Turkiyaning Xvav Yapi Sanayi Ve Tic kompaniyasi ishtirok etadi. A. S. Bu kompaniya haqida tarmoqda deyarli ma’lumot yo‘q.