Germaniya Yevropa davlatlari fuqarolarini Afg‘onistondan zudlik bilan evakuatsiya qilishda hamkorlik qilgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy xabarida qayd etilishicha, “O‘zbekiston bilan hamkorliksiz buning iloji bo‘lmasdi”.
“Germaniya o‘z fuqarolarini xavfsiz joyga olib chiqish va keyinchalik ularni Germaniyaga jo‘natish uchun Toshkent aeroportidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu operatsiyaning tez va samarali o‘tkazilishini ta’minlagan O‘zbekiston hukumati va barcha tegishli organlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi elchixona xabarida.