Yaunzems Girs Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Girs Saidovga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p yillik aloqalarni yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ham ikki tomonlama, ham kengroq mintaqaviy platformalarda o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
“Janob elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasiga muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.