O‘zbekistonga kelgan Falastin fuqarolari doimiy g‘amxo‘rlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonga kelgan Falastin fuqarolariga zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolar uchun nazarda tutilgan pensiya tayinlanadi.

Bundan tashqari:

  • mehnatga layoqatli har bir mehmonga (I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan tashqari) har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida nafaqa to‘lanadi;
  • har bir mehmon oilaga yashash joyi bo‘yicha uy-joy ijarasi xarajatlari qoplab beriladi;
  • mehmonlarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalar, shuningdek, dafn marosimi uchun nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi;
  • mehmonlarning har bir oilasiga birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar (maishiy ehtiyoj uchun nooziq-ovqat tovarlari to‘plami) sotib olish uchun qo‘shimcha ravishda bir martalik nafaqa to‘lanadi;
  • har bir oilaga mahalladan bir nafardan ijtimoiy xodim biriktirilib, ularni shaxsan kuzatib borish, yakka tartibda ko‘maklashish, ehtiyoj va talablarini inobatga olish choralari ko‘riladi.