O‘zbekistonda iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarda banklar faoliyatiga qo‘shimcha minimal talablarni belgilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Markaziy bank buyrug‘i loyihasida aytilgan.
Regulyator qarz oluvchilar va kafillar kredit majburiyatlarini bajarmaslik oqibatlarini to‘liq anglamagan holda kredit shartnomasini tuzish holatlarini qayd etdi. Shu sababli ular kelgusida kreditni to‘lashda muammolarga duch kelishlari mumkin.
Hujjatda qarz oluvchi shartnoma tuzilgunga qadar olishi kerak bo‘lgan kreditlash xatarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan standartlashtirilgan chek-varaqni joriy etish taklif qilinmoqda. Kredit berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng, biroq shartnoma rasmiylashtirilgunga qadar, bank jismoniy shaxsga kredit majburiyatlari bilan bog‘liq ehtimoliy xatarlar tavsifi ko‘rsatilgan chek-varaqni taqdim etishi shart bo‘ladi. Imzolangan chek-listsiz shartnoma tuzish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, banklar moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan yoki fors-major holatlarida bo‘lgan mijozlar uchun kreditlarni restrukturizatsiya qilishning ichki tartibini o‘z saytlarida mavjud bo‘lishini va e’lon qilinishini talab qilmoqchi.