Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gumonlanuvchi ikki fuqaroni Shahrisabz va Chiroqchi tumanlaridagi FVVning professional yong‘in-qutqaruv qismlariga haydovchilikka ishga joylashtirishda yordam berish evaziga 6 ming dollar talab qilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari bo‘lim boshlig‘ini 3,5 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olindi.