Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Avgust konferensiyasining yalpi majlisidagi nutqida mamlakatda oilaviy-urug‘chilik tizimi yo‘qligini aytdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, davlat xizmatida meritokratiya tamoyili mustahkamlanmoqda. Lavozimga tayinlashda birinchi navbatda bilim va professionallik hisobga olinadi.
To‘qayevning ta’kidlashicha, Qozog‘iston jamiyati “o‘zgarmoqda”, shu bilan birga “fuqarolarning ongi o‘zgarmoqda”.
“Bugun biz bir yoqadan bosh chiqarib, butun xalq bo‘lib, adolatli, toza va kuchli Qozog‘istonni barpo etmoqdamiz. Millatning yangi sifatini shakllantirish uchun biz muhim islohotlarni boshladik. Bu keng ko‘lamli va murakkab ish bo‘lib, unda sezilarli natijalarga erishildi. Siyosiy tizim to‘liq yangilandi, yangi iqtisodiy yo‘nalish belgilab olindi. Jamiyatimiz o‘zgarmoqda, fuqarolarning ongu tafakkuri o‘zgarmoqda”, — dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Qasim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘yganini qo‘shimcha qildi.