Turkiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Championat Asia” yozmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yoaxim Lyov rad javobini berganidan so‘ng Terimga taklif bilan chiqdi. O‘FA terma jamoa boshqaruviga Fotih Terimni taklif qilmoqchi. 71 yoshli mutaxassis taklifni ko‘rib chiqish uchun vaqt so‘radi.

Turkiyalik mutaxassis to‘rt marta “Galatasaroy”, uch marta Turkiya terma jamoasi va bir martadan Italiyaning “Milan” va “Fiorentina” klublarini boshqargan. Shuningdek, Terim Gretsiyaning “Panatinaikos” va Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” klublarini ham boshqargan.

Fotih Terim murabbiylik faoliyati davomida bir marta UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi), sakkiz marta Turkiya Superligasi, uch marta Turkiya Kubogi va to‘rt marta Turkiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.