O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tayotgan fuqarolarga mamlakatdan chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etilmoqda.

Yangi qoidalarga ko‘ra, agar shaxs mamlakatni tark etishi va sud jarayonidan uzrli sabablarsiz qochishi mumkinligiga asos bo‘lsa, sud uning chiqish huquqini vaqtincha cheklashi mumkin — hatto u hibsda bo‘lmasa ham.

Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi ushbu chorani qo‘llash zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va sabablarini tushuntirgan holda sudga iltimosnoma kiritadi. Sud iltimosnomani u kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq majlisda ko‘rib chiqadi.

Sud ko‘rib chiqqandan so‘ng chet elga chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni qo‘llashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Qaror chiqarilgandan so‘ng 48 soat ichida shikoyat yoki protest bildirish mumkin.