17-avgust kuni Toshkentning Chilonzor tumanida elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi. Bu haqda Poytaxt elektr tarmoqlari filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yakshanbaga o‘tar kechasi mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. Shu munosabat bilan soat 00:00 dan 04:00 gacha quyidagilar elektr ta’minotisiz qoldiriladi:

  • “Novza”, “Beshchinor”, “Ko‘rkam”, “Qozirobod”, “2-Charx Kamolon”, “1-Katta Chilonzor”, “2-Katta Chilonzor” va “3-Katta Chilonzor” mahallalari aholisidan iborat.