O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya premer-ligasining ilk turida eng tezkor futbolchilar top-5ligidan joy oldi. Bu haqda “Championat Asia” yozmoqda.

Shanba kuni Husanov APL doirasida uzoq vaqtdan buyon ilk bor maydonga tushdi. “Man Siti” — “Vulverhempton” (4:0) uchrashuvining 82-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Jon Stounz o‘rniga maydonga tushdi.

Qolgan vaqtda himoyachi 33,5 km/soat tezlikka erishishga muvaffaq bo‘ldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi.