2025/2026 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati o‘tgan yil darajasida saqlab qolinadi. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Oliy ta’lim vazirligi vakillariga tayanib xabar berdi.

Yaqin kunlarda talabalar yangi o‘quv yili uchun onlayn shartnomalar olishlari mumkin bo‘ladi. Ularda o‘tgan yili tasdiqlangan summalar ko‘rsatiladi.

Huquqiy jihatdan bu Davlat qabul komissiyasining to‘lov-kontrakt miqdori to‘g‘risidagi qarori “2024/2025 o‘quv yilidan boshlab” shaklida qabul qilingani bilan izohlanadi. Yangi summalar tasdiqlanmaganligi sababli, avvalgi tariflar amal qilishda davom etmoqda.

Moliyaviy mustaqillikka erishgan OTMlar to‘lov-kontrakt miqdorini oshirish yoki saqlab qolish masalasini mustaqil hal qiladi. Biroq, katta ehtimol bilan, ularda ham narx oshmaydi (1-2 ta istisnoni hisobga olmaganda), — dedi Xushnudbek Xudoyberdiyev.