O‘zbekistonda falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarni mamlakatdagi hayotga moslashtirish jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.
Komissiya tibbiy yordamni tashkil etish, yashash uchun sharoitlar yaratish, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, xalqaro va gumanitar tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bilan shug‘ullanadi.
Prezidentning strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umrzoqov komissiya raisi, uning o‘rinbosari — ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. To‘liq tarkib davlat rahbarining farmoni bilan tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kelgan Falastin fuqarolarining farzandlariga maktab va bog‘chalardan navbatsiz joy beriladi. Prezident tegishli farmonni imzolagan.