O‘zbekistonda 22–23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qaroriga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Hashar doirasida mahallalar, hovlilar, ko‘p qavatli uylar, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar va bolalar maydonchalari obodonlashtirilishi rejalashtirilgan. Daraxtlarni oqlash va butash, chiqindilarni maxsus joylarga olib chiqish rejalashtirilgan.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, xususan, muhtojlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy sharoitlarini yaxshilashda yordam berishga alohida e’tibor qaratiladi.
Hashar ishtirokchilari zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlanadi.