“Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” partiyasi rahbari Sergey Mironov migrantlar Rossiyaga oilasiz ishlash uchun kelishi va ish tugagandan keyin ketishi kerakligini aytdi. TASS nashri siyosatchining so‘zlarini keltirmoqda.
Agar qayerdadir migrant qiyofasidagi ishchi qo‘llari chindan ham kerak bo‘lsa — garchi ko‘plab subyektlar ulardan voz kechgan va osmon uzilib tushmagan bo‘lsa-da, — lekin qayerdadir kerak bo‘lsa ham, marhamat: hech qanday oilalarsiz, kelishdi, ishlashdi, pul olishdi va ketishdi. Shunda bog‘cha va maktablarda joylarimiz yetarli bo‘ladi va hokazo, — dedi u.
Sergey Mironovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga kelayotgan xorijliklarning ko‘pchiligi ishlash niyatida emas, lekin oilalarini Rossiyaga olib ketishmoqda.
Bizda esa bog‘chalarda joy yo‘q, — dedi Mironov maktablardagi shunga o‘xshash muammoni ta’kidlab.
O‘tgan yilning sentyabr oyida Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin deputatlar mehnat muhojirlariga o‘z oilalarini olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.