Shavkat Mirziyoyev 18-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taniqli tadbirkorlarni mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

49 nafar biznes vakillari orden va medallar bilan taqdirlandi. Mukofotlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalangan holda mamlakatning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishdagi salmoqli yutuqlari, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasi, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda ko‘rsatgan alohida fidoyiligi, shuningdek, biznes sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, muhim ilmiy-amaliy ishlanmalari va innovatsion loyihalari uchun berildi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan

  • Abdulloyev Kamol Talatovich – Samarqand shahridagi «Sam Antep Gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
  • Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich – Andijon tumanidagi «Ravon taraqqiyot orzusi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
  • Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich – «Uztex» to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi
  • Xashimov Zafar Kamilevich – Toshkent shahridagi «Anglesey Food» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator» faxriy unvoni bilan

  • Raxmanberdiyev Gappar – Toshkent kimyo-texnologiya institutining sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

  • Artikxodjayev Jaxongir Abidovich – Toshkent shahridagi «Akfa Group» kompaniyalar guruhi asoschisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Abdurayimov Boxodir Tursinovich – Chortoq tumanidagi «Chartak Mineral Water» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
  • Bobojonov Dilshod Maxmudovich – Shofirkon tumanidagi «Leichter Kamalak Textilien» qo‘shma korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
  • Muxtorxonov Nuritdin Komolidinovich – Parkent tumanidagi «Meridian Tempo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich – Olmazor tumanidagi «N’medov» kompaniyalar guruhi ta’sischisi, Toshkent shahri

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Abbosxo‘jayev Azizxo‘ja Avazxo‘ja o‘g‘li – Olmazor tumanidagi «Grand Pharm Trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Abidov Temur Tashtemirovich – Shahrisabz shahridagi «Shakhrisabz Med Center» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
  • Zokirov Farxodjon Latipovich – Xo‘jaobod tumanidagi «Xo‘jaobod Fayz-M» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
  • Kasimbayeva Madina Anvarovna – Shayxontohur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, kashtachilik-so‘zana ustasi, Toshkent shahri
  • Kurdiani Nikoloz – «TBC Uzbekistan» banki bosh direktori
  • Maxmudov Murabit Adilxanovich – Zomin tumanidagi «Zomin Brewery» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Jizzax viloyati
  • Nasirov Murod Rashodovich – Chilonzor tumanidagi «Group of Navbahor» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Sadikov Rustam Nasirovich – Chilonzor tumanidagi «Tarleplast» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Saliyeva Palzada Jiyenbayevna – Kegeyli tumanidagi «Arzio‘» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • To‘rayev Zafar Suyunovich – Urgut tumanidagi «SXF Big Stroy Building» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
  • Ergashev Shuxrat Sharipovich – Bulung‘ur tumanidagi «Samarkand Garden plast» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Samarqand viloyati

«Shuhrat» medali bilan

  • Abduraxmanov Ilxomjon Tursunovich – Paxtakor tumanidagi «Paxtakor Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Akramov Murod Ikramovich – Zangiota tumanidagi «Technologies of Real Time» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
  • Aliyev Shuxratbek Erkinovich – Asaka tumanidagi «Baraka hamkor parranda» xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
  • Amonov Muxtar Raxmatovich – Buxoro davlat universitetining kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori, Buxoro viloyati
  • Babakulova Yulduz Abdugaffarovna – Guliston tumanidagi «Yulduz Abdug‘afforovna» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
  • Botirov Akram Gafurovich – Davlatobod tumanidagi «Interior Mega Max» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
  • Burxanxodjayev Saidazim Vaxidovich – Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi «ITF Group LLC» logistika kompaniyasi ijrochi direktori
  • G‘oziyeva Dilnoza Axmadjanovna – Yunusobod tumanidagi «Perfect Design Arh» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Jalolov Elyorjon Madaminovich – Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Farg‘ona viloyati
  • Ilxomov Shuxrat Sharifovich – Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
  • Karabayev Muzaffar Maxamadaliyevich – «Datasite Technology» va «SiteLabs» kompaniyalari asoschisi
  • Kerimbayev G‘ayratdin Umarovich – To‘rtko‘l tumanidagi «115-To‘rtko‘l avtokorxonasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Komilov Nasimjon Qobiljonovich – Samarqand shahridagi «STD Health Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
  • Kosimov Sayot Salimovich – Kogon tumanidagi «Kogon Mars Plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
  • Qodirov Muzaffar Muxitdinovich – Yashnobod tumanidagi «MEP Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Mamutova Maxira Aminaddinovna – Nukus shahridagi «Good Cafe» oilaviy korxonasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Mahmatmurodov Sherzod Beknazarovich – Qamashi tumanidagi «Nurmanova Xurshida» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
  • Numanova Olga Leonidovna – «InFinBank» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
  • Rajabov Botir Jo‘rayevich – Bandixon tumanidagi «Omad» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • Rustamov Ulugbek Shaxzodovich – Toshkent shahridagi «Click» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
  • Saidkamalov Noxid Nasirjanovich – Andijon shahridagi «Grand Tehnolog» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
  • Safarov Mirjamol Abdisamatovich – Qarshi shahridagi «Qashqadaryo maxsus montaj servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
  • Sultanmuratova Gulnora Urunovna – Urganch shahridagi «Star Kids Plus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
  • Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich – Toshkent tumanidagi «To‘xtaniyoz ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  • Xakimov Mirxayot Mirxamidovich – Angren shahridagi «National Ceramics» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
  • Xamidova Zarina Istamtoshevna – Nurota tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Navoiy viloyati
  • Xikmatov Furkat Shuxratovich – Parkent tumanidagi «Batu Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
  • Xodjayev Jasurbek Majidovich – Toshkent shahridagi Inha universiteti professori