Xitoyning Poly Changa kompaniyasi Taxtakoracha dovonida yangi tonnel qurish loyihasiga qiziqish bildirdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning Jechun Myao kompaniyasi bosh direktori bilan muzokara o‘tkazdi. Tomonlar Kitob—Shahrisabz—Qarshi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasini muhokama qildilar va loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldi.
Bundan tashqari, kompaniya tunnel qurilishi bo‘yicha o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va Taxtaqoracha dovonida yangi tunnel qurish loyihasiga qiziqish bildirdi, — deyiladi xabarda.
2025-yilda Taxtaqoracha dovoni orqali pullik avtomobil tunnelini qurish loyihasini ishlab chiqishni yakunlash rejalashtirilgan. Uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilashi kerak.