Afrosiyob poyezdlarida Wi-Fi paydo bo‘ldi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Vazirlik rahbari Buxoroga tashrifi chog‘ida texnologiyani shaxsan sinovdan o‘tkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u YouTube’da foydali videolarni tomosha qilgan.
“Yaqinda poyezdda Buxoroga borib kelganimda, ko‘pchilik hali ham Uztelecom Wi-Fi xizmati ishga tushirilganidan bexabarligini payqadim. Shaxsan men Youtube’dagi kitoblar yaxshi tushuntirilgan foydali videolarni tekshirib ko‘rishga qaror qildim”, — deb yozdi Shermatov.
Vazirning aniqlik kiritishicha, poyezdlarda Wi-Fi internet paydo bo‘lishi uchun vagonlar ichiga qo‘shimcha uskunalar o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan. Metall ko‘p ishlatiladigan vagonlarda tashqi aloqa signallari yo‘lovchilarga yaxshi yetib bormaydi, dedi u. Shuning uchun maxsus uskunalar o‘rnatish zaruratdir.
Kelajakda telekommunikatsiya tizimlari o‘rnatilgan yangi tarkiblarni sotib olish rejalashtirilgan.