Favqulodda vaziyatlar vazirligi Islom sivilizatsiyasi markazidagi yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in tomga issiqlik saqlovchi qoplamalarni o‘rnatishda texnologik jarayonning buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Yong‘in soat 11:32 da qurshab olingan va soat 11:34 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida bino tomining 19 kv. m issiqlik izolyatsiyasi buyumlariga zarar yetgan. Yong‘in natijasida fuqarolardan hech kim tan jarohati olmagan, binoning ichki qismiga zarar yetmagan. Binoda noyob eksponatlar saqlanmagan.

Bosh vazir Abdulla Aripovning shaxsan o‘zi voqea joyiga yetib borib, yong‘in oqibatlarini ko‘zdan kechirgan.