2025-yil iyul oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 75-o‘rinni egalladi. Bu haqda Speedtest Global Index reytingida aytiladi.

Iyun oyiga nisbatan respublika to‘rtta pozitsiyani yo‘qotdi, mobil internet tezligi 54,62 Mbit/s deb baholanmoqda. Simli internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 73-o‘rinni egalladi (bir oy oldin 76-o‘rinda edi). O‘rtacha tezlik — 88,09 Mbit/s.

Eng tez mobil internet BAAda — 584,97 Mbit/s. Simli internet tezligi bo‘yicha Singapur yetakchilik qilmoqda — 386,96 Mbit/s.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda yangi internet kanalini ochmoqchi.