Yalpi majlisda deputatlar fuqarolarga yetkazilgan zararni davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qoplab berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Loyihada noqonuniy qarorlar va fuqarolar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq zararlar haqida so‘z boradi. Bunday hollarda yetkazilgan moddiy yoki ma’naviy zarar sud qarori asosida albatta qoplanadi. Birinchi bosqichda zarar hududiy kompensatsiya jamg‘armalari hisobidan qoplanadi.
Keyinchalik bu mablag‘lar aybdor mansabdor shaxsdan to‘liq undirib olinadi. Endi xatoga yo‘l qo‘ygan amaldor shaxsan javobgar bo‘ladi. Bu tizim quyidagicha bo‘ladi:
- davlat hisobidan noqonuniy foydalanganlarni jazolaydi;
- mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish;
- fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash uchun real va amaliy kafolat yaratish.