O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarini qadoqlash uchun foydalanmoqchi bo‘lgan 3 millionga yaqin qalbaki aksiz markalari musodara qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi raisi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar bermoqda.

“Xitoy — Qirg‘iziston” yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar orqali Bishkekka O‘zbekistonning 2,5 mln qalbaki aksiz markalari yetkazib berilgan. Xitoyda ishlab chiqarilgan markalar Qirg‘izistondan O‘zbekistonga o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Bishkekdagi maxsus operatsiyaning birinchi bosqichida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi, ular o‘tkazish uchun qalbaki markalar olgan. Shundan so‘ng Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yana bir o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. U markalarni Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroga yetkazib berishi kerak edi.

Operatsiyaning ikkinchi bosqichi Samarqand viloyatida o‘tkazildi. U yerda partiyaning asosiy oluvchisi qo‘lga olindi. Uning uyi ko‘zdan kechirilganda yana 710 ming qalbaki marka aniqlangan.

Soxta aksiz markalari kontrabandasi bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatidan davlat budjetiga yetkazilgan zarar 34,2 mlrd so‘mni tashkil etishi mumkin. Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.