Qoraqalpog‘iston barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanadi. Bu haqda prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- YHM hajmini o‘rtacha 6-6,5 foizga yetkazish;
- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 5-6 foizga yetkazish;
- bozor xizmatlari hajmini 15-17 foizga yetkazish.
Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi besh yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi. Natijalarga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun 150-200 mln dollar miqdorida xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.