Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning muzokaralari Vengriyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Reuters AQSH prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga tayanib yozmoqda.

Nashr tafsilotlarni oshkor qilmadi, biroq Rossiya hukumati bunday uchrashuvga roziligini hali rasman e’lon qilmaganini ta’kidladi. Donald Tramp Ukraina prezidenti va yevropalik ittifoqchilar bilan uchrashuvdan so‘ng Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning shaxsiy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi.

Germaniya kansleri Fridrix Mers Putin va Zelenskiy uchrashuvi yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.