Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yuqori bosimli gaz quvuri shikastlanishi oqibatida 10 mingdan ortiq iste’molchi gazsiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
18-avgust kuni soat 21:40 da avtotransport vositasi (ekskavator) tomonidan yuqori bosimli yer osti gaz quvuri shikastlanishi natijasida tuman iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan. 12 512 ta xonadon va 267 ta ulgurji iste’molchi gazsiz qoldi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.