19-avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt xabar bermoqda.
Mutaxassislar ta’mirlash ishlarini rejalashtirishdi. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi:
“Zakovat” MFY — 46 ta uy xo‘jaligi va 2 ta ulgurji iste’molchi.
Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.