19-avgust kuni Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea poytaxtning Olmazor tumanida sodir bo‘lgan. Qurilish materiallari yonayotgani haqida soat 11:11 da xabar kelib tushgan.
Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha tegishli ishlarni ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha navbatchi yong‘in-qutqaruv guruhlari va yordam ko‘rsatish uchun kelgan shaxslar olib bormoqda.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.