O‘zbekistonda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi. Bu haqda prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

2026-yildan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida:

  • elektron raqamli imzo beriladi;
  • bank hisob raqami ochiladi;
  • xohishga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
  • kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
  • tegishli mas’ul davlat organlariga xabarnoma yuboriladi.

Natijada ushbu muolajalar uchun zarur bo‘lgan vaqt hozirgi 1 haftadan 15 daqiqagacha qisqaradi.