Qoraqalpog‘istonda jadal rivojlantirish dasturi doirasida mayning uchun maxsus zona paydo bo‘ladi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.

Istiqbolli loyihalar agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Energetika vazirliklari va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga joriy yilning sentyabr oyiga qadar quyidagilarni inobatga olgan holda prezident qarori loyihasini tayyorlash topshirildi:

  • ixtisoslashtirilgan mayning zonasini tashkil etish;
  • mazkur zonada mayning uchun qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab chiqarilgan energiyadan foydalanish huquqini berish;
  • mayning zonasini yagona energiya tizimiga ulash va elektr energiyasidan maxsus tariflar bo‘yicha foydalanish.

Prezident qaror loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda joriy yilning noyabr oyiga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.