Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari tomonidan yoqilg‘ini tunnel orqali noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda sud xabar bermoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, besh nafar fuqaro — K., Y., I., A. va M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilingan. Iyul oyida sudlanuvchi K. O‘zbekistonda benzin narxi qimmatligini bilgan holda, tanishi — fuqaro R. bilan til biriktirib, noqonuniy yo‘l bilan pul ishlashga qaror qilgan. Ular transmilliy uyushgan jinoiy guruh tuzishga kelishib oldi.

K. guruhga boshchilik qilib, sudlanuvchilar Y., I., A., M. va noma’lum O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilgan. Keyinchalik ular Sariyog‘och tumani hududidagi xo‘jalik hovlisida 375 metr uzunlikdagi yer osti quvurini yotqizdilar, uning bir qismi Qozog‘iston hududida, ikkinchisi O‘zbekiston hududida.

Ular 2024-yil avgust-dekabr oylarida bojxona nazoratini chetlab o‘tib, umumiy qiymati 112 million 512 ming tenge bo‘lgan 420 ming 340 tonna AI-92 rusumli benzinni o‘rtacha bozor narxida chegaradan noqonuniy ravishda olib o‘tgan. Sudning hal qiluv qarori bilan K.ga 15-yil, I., A., M. va Y.ga 13-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tintuvlar davomida olib qo‘yilgan 3 mln tenge, 16 ming litr AI-92 markali benzin, “ZIL” va “GAZ” yuk mashinalari davlat foydasiga musodara qilingan.