O‘zbekistonda 2026-yilda sanoat infratuzilmasini yaxshilash xarajatlari 25 foizga oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Infratuzilma uchun bu yil davlat budjetidan 1,7 trln so‘m o‘rniga 2,1 trln so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida tadbirkorlar soni ortib borayotganini inobatga olib, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qo‘shimcha 2 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqaror rivojlangani sari yangi infratuzilmalarga ehtiyoj ortib borishini ta’kidladi.

“Korxonasiga tashqi infratuzilmani o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlar ko‘paymoqda. Endi ularning bu xarajati soliq bazasidan chegirib tashlanadi”, — dedi prezident.