20-avgust kuni Toshkentning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Yashnobod tumani: “Go‘zal”, “Olmos”, “Chinor” mahallalari, “Tuzel” massivi, Maxtumquli ko‘chasida 260 ta xususiy uy, 89 ta ko‘p qavatli uy va 56 ta ulgurji iste’molchilar;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Mevazor” mahallasida 810 ta xususiy uy va 16 ta ulgurji iste’molchi.