Toshkent shahrida havo ifloslanishini monitoring qiluvchi 29 ta avtomatik stansiya paydo bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning qarorida aytiladi.

Shahar ekologiya boshqarmasiga atmosfera havosi ifloslanishining fon monitoringini amalga oshirish uchun stansiyalar o‘rnatishga ruxsat berildi.

Ular 12 ta tumanda 2 kv. m maydonga o‘rnatiladi. Quyida lokatsiyalar ro‘yxati keltirilgan.