AQSH prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni qora rangga bo‘yashni buyurdi. Bu haqda AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ma’lum qildi.
Noemning so‘zlariga ko‘ra, ishchilar allaqachon devorning bir qismini bo‘yashni boshlagan. Trampning fikricha, qora bo‘yoq muhojirlarning devorga chiqish istagini so‘ndiradi, chunki u juda issiq bo‘ladi.
“Biz butun chegara devorini qora rangga bo‘yamoqchimiz”, — dedi ichki xavfsizlik vaziri.
The Hill nashrining ta’kidlashicha, Tramp birinchi muddatidayoq chegaradagi devorni qora rangga bo‘yashni istagan.