O‘zbekistonlik sportchi Anvar Anvarov yengil atletika bo‘yicha Brilliant ligasining nufuzli turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sportchi 7,84 metr natija ko‘rsatib, musobaqada eng yaxshi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni musobaqa mezboni Simon Exammer egalladi — 7,72 metr. Bronza medali 2019 yilgi jahon chempioni yamaykalik Tejey Geylga nasib etdi — 7,71 metr.

Shu tariqa, Anvar Anvarov Safina Sa’dullayevadan keyin O‘zbekistonning Brilliant liga turnirlarida g‘alaba qozongan ikkinchi vakili bo‘ldi.