16-avgust kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Dehqonobod” mahallasida chaqaloq urib yuborilgan. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

“GAZ-3110” rusumli avtomashinaning 33 yoshli haydovchisi velosipedda yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan 6 yoshli bolani urib yuborgan. YTH oqibatida bola og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.