Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda qator fuqarolar ketma-ket uch kun dam oladi.
Besh kunlik ish haftasida ishlovchilar ketma-ket uch kun dam oladi:
- 30-avgust, shanba — dam olish kuni;
- 31-avgust, yakshanba — dam olish kuni;
- 1-sentyabr, dushanba — bayram kuni.
Olti kunlik ish haftasiga ega o‘zbekistonliklar ketma-ket ikki kun dam olishadi:
- 31-avgust, yakshanba — dam olish kuni;
- 1-sentyabr, dushanba — bayram kuni.
Eslatib o‘tamiz, 11-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 34 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzolab, tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mas’ullarni belgilagandi.
Qaror bilan bayram tadbirlari konsepsiyasi tasdiqlandi. Madaniyat vazirligi, Ma’naviyat markazi, Yozuvchilar uyushmasi va Yoshlar ishlari agentligi ijro uchun mas’ul etib belgilandi. Shu maqsadda bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida Respublika komissiyasi tuzildi.