21-avgust kuni Toshkentning Yunusobod tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi. Bu haqda HET axborot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 09:00 dan 16:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:

  • “Hasanboy”, “Katta Hasanboy” va “Sharq haqiqati” mahallalari.

Ko‘rsatilgan hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan oldin yakunlanishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.