21-avgust kuni Toshkentning Yangihayot va Sergeli tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu sababli quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Yangihayot tumani 14:00 dan 18:00 gacha: “Navqiron”, “Olchazor” va “Mash’al” mahallalarida 277 ta xususiy uy, 4 ta ko‘p qavatli uy va 10 ta ulgurji iste’molchilar;
- Sergeli tumani soat 10:00 dan 16:00 gacha: “Xonobod”, “Sadoqat” va “Xongtepa” mahallalarida 1 528 ta xususiy uy va 31 ta ulgurji iste’molchi.