Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Allayor Norbo‘tayev tungi avtobuslarning dastlabki yo‘nalishlarini taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Norbo‘tayevning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda 136 km masofani qamrab oladigan sakkizta yo‘nalishni ishga tushirishmoqchi:

  • T1: Qo‘yliq bozori — Husayn Boyqaro ko‘chasi;
  • T2: Qipchoq ko‘chasi — “O‘zgarish” metrosi;
  • T3: Chilonzor buyum bozori — Gulxaniy ko‘chasi;
  • T4: mahalliy aeroport (3-terminal) — “Chorsu” bozori;
  • T5: Shifobaxsh suvlar ko‘chasi — Chorsu;
  • T6: Yunusobod 6-mavzesi — Yunusobod 17-mavzesi;
  • T7: Mirobod bozori — “Tinchlik” metro bekati;
  • T8: Shimoliy vokzal — “Shofayz” mahallasi.

Ikkinchi bosqichda 98 km uzunlikdagi yettita yo‘nalish ishga tushiriladi:

  • T9: “G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti — Amir Temur shoh ko‘chasi;
  • T10: TTZ — Amir Temur shoh ko‘chasi;
  • T11: Food City — Amir Temur shoh ko‘chasi;
  • T12: “Qipchoq” metro bekati — Amir Temur shoh ko‘chasi;
  • T13: Chilonzor buyum bozori — “Chorsu” savdo markazi;
  • T14: “Nazarbek” mahallasi — Chorsu;
  • T15: Keles — Chorsu.

Eslatib o‘tamiz, qizil rangga bo‘yaladigan birinchi tungi avtobuslar 2025-yil oxirigacha ishga tushiriladi. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.