AQSH hukumati xorijliklarga uzoq masofali haydovchilar va tijorat yuk mashinalari haydovchilari sifatida ishlash uchun ishchi vizalarini berishni to‘xtatdi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, AQSH yo‘llarida katta tirkamali shatakchi mashinalarni boshqarayotgan xorijlik haydovchilar soni ortib borayotgani amerikaliklar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Amaldorning ta’kidlashicha, xorijlik haydovchilarning ko‘pligi amerikalik haydovchilarni tirikchilikdan mahrum qilmoqda.